"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Hau Angliya chempionati yangi mavsumining dastlabki bahsida Aleksandr Isak maydonga tushadimi yoki yo'qmi, degan savolga javob berdi.

Shvetsiyalik hujumchi "Liverpul"ga o'tishini ta'kidlamoqda va "qarg'alar" safida o'ynashni istamayapti. 16 avgust kuni Xau jamoasi Premer-liga 1-turi doirasida "Aston Villa" mehmoni bo'ladi.

"Men Isakning bugun ("Espanol" bilan o'rtoqlik uchrashuvida) o'ynashini xohlardim. U ertaga biz bilan mashg'ulot o'tkazishini xohlayman. Aniqlik kiritishga ruxsat bering, biz uning biz uchun o'ynashni istashini juda xohlardik. Ammo "Aston Villa"ga qarshi o'yingacha vaziyatni o'zgartirish uchun hech qanday shart-sharoit ko'rmayapman," - deya Xauning so'zlarini keltiradi jurnalist Kreyg Xoup.