Iroqning “Amanat Bagdad” klubi Baxtiyor Qosimovning transferini e'lon qildi.

O'zbekistonlik yarim himoyachi yangi jamoasi bilan bir yillik bitim tuzdi. Klub safida 77-raqam ostida to'p tepadi.

Qosimov birinchi davrani “Qo'qon-912” safida o'tkazdi. Bu klub safida barcha turnirlarda 17ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Shu tariqa, u Iroq chempionatida o'ynaydigan birinchi o'zbekistonlik futbolchiga aylandi.