Iraola: "Futbolda bunday narsalar bo'lmasligi kerak"

"Bornmut" murabbiyi Entoni Semenoga nisbatan irqchilik haqida gapirdi.
"Bornmut" yarimhimoyachisi APL 1-turidan o'rin olgan "Liverpul"ga (2:4) qarshi o'yinda irqchilik ruhidagi haqoratlarga uchradi.
"Hakam ikkala murabbiyga ham vaziyatni darhol tushuntirdi. Afsuski, bu haqda gapirishimizga to'g'ri keladi. "Liverpul" murabbiyi va futbolchilar ham shunday his qilishmoqda. Bunday narsalarni hamma joyda yo'q qilish kerakligini hamma tushunadi, lekin ayniqsa futbolda.
Endi yana politsiyaga va sudyalarga murojaat qilishimizga to'g'ri keladi. O'ylaymanki, Semeno bularning hammasini eslab qoladi. Bunday bo'lmasligi kerak", - dedi Andoni Iraola.