Iqtidorli frantsuz APL klublaridan taklif borligiga qaramay, Saudiya variantini tanladi

Frantsiyaning "Nant" klubi markaziy himoyachisi Natan Zeze Evropaning bir qator nomdor klublaridan takliflar borligiga qaramay, faoliyatini Saudiya Arabistonining "Neom" jamoasida davom ettirish bo'yicha qaror qabul qildi.
20 yoshli frantsuzga "Liverpul", "Aston Villa", "Everton" va "Bornmut" kabi Premer-liga klublari jiddiy qiziqish bildirgandi.
"Neom" futbolchini "Nant"dan 23 million evrga sotib oladi. Frantsuz klubi keyingi sotuvdan yana 20 foizini oladi.