"Ipsvich" etakchisini APL klubiga sotmadi

"Ipsvich" Omar Xatchinson bo'yicha "Nottingem Forest" taklifini rad etdi. Bu haqda Devid Ornshteyn xabar bermoqda.
Shunga qaramay, deyarli 40 mln evrolik rad etilgan taklif "o'rmonchilar"ni cho'chitmadi. Klub rahbariyati yosh iqtidor uchun "traktorchilar"ga yangi taklif bilan chiqmoqchi.
Qayd etilishicha, Xatchinsonga "Nottingem Forest"dan tashqari Premer-liganing yana bir klubi - Londonning "Brentford" klubi ham qiziqish bildirmoqda.
21 yoshli hujumkor yarim himoyachi "traktorchilar" bilan yana 4 yillik shartnomaga ega. O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, "Ipsvich" APLni tark etdi va turnir jadvalida 18-o'rinni egalladi.