"Yuventus" vingeri Nikolas Gonsales Milanning "Inter" klubiga o'tishi mumkin. 27 yoshli futbolchi "byankonerilar" rahbariyatining rejalariga to'g'ri kelmaydi, shuning uchun turinliklar takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Jurnalist Janluka di Martsioning ma'lum qilishicha, "Inter" argentinalikni short-listga kiritgan va allaqachon uning atrofidagilar bilan aloqaga chiqqan. "Neradzurrilar" "Fiorentina"ning sobiq yulduzini "Atalanta" vakili Ademole Lukmanga muqobil sifatida ko'rmoqda.

Nikolas Gonsalesning transferi xaridorlarga 20 mln evro va bonuslarga tushishi kutilmoqda. Transfermarkt portali futbolchining narxini 24 mln evroga baholamoqda, uning "Yuventus" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.