"Inter" yozda sotmaydigan futbolchisi kim ekanligini ma'lum qildi

Milanning "Inter" klubi joriy transfer oynasida hujumchi Markus Tyuramni sotmaydi.
27 yoshli futbolchiga Angliya Premer-ligasi vakillari qiziqish bildirmoqda, ammo yaqin kelajakda transfer amalga oshish ehtimoli past.
"Tyuram bu yozda sotilmaydi. Hech qanday imkoniyat yo'q," - deya "neradzurrilar" sport direktori Pero Auziloning so'zlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano.
Markus Tyuram 2024/25 yilgi mavsumda "Inter" safida 50 ta o'yinda 18 ta gol va 9 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Frantsuzning Italiya grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan.