"Inter" yarim himoyachisini sotib yubordi

"Inter" va "Bryugge" 19 yoshli yarim himoyachi Aleksandr Stankovichning Belgiya klubiga 8 mln evro evaziga kelishilgan miqdorda va 2 mln evro bonuslar ko'rinishida o'tishi bo'yicha printsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, Italiya grandi serbiyalik futbolchini 28 mln evroga qayta sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Aleksandr Stankovich Deyan Stankovichning o'g'li hisoblanadi.
O'tgan mavsumda yarim himoyachi "Lyutsern"da ijara asosida o'ynagan edi. U barcha turnirlarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.