"Inter" yarim himoyachisi "Nyukasl" e'tiboriga tushdi

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Davide Frattezi "Nyukasl" e'tiboriga tushib qoldi. 25 yoshli futbolchi ingliz klubining qiziqishlar ro'yxatiga kiritilgan, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. Manbaning aniqlik kiritishicha, ayni paytda "qarg'alar" xavbek bo'yicha taklif berishni rejalashtirmayapti. "Nyukasl"ning asosiy maqsadi - yangi hujumchi sotib olish.
Davide Frattesining "Inter" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, uning transfer narxi Transfermarkt talqiniga ko'ra 35 mln evroni tashkil etadi. O'tgan oy matbuotda "neradzurrilar" futbolchi bilan yangi shartnoma tuzmoqchiligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.