"Inter" yangi markaziy himoyachi uchun 35 million evro sarflaydi

"Inter" "Parma" markaziy himoyachisi Jovanni Leoni bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda, deb yozadi Il Corriere dello Sport.
Milanliklar markaziy himoya pozitsiyasini kuchaytirmoqchi va 18 yoshli Leoni klub uchun ayni muddao. Jovanni jamoaga asosiy o'yinchi sifatida qo'shilishi kutilmoqda, u mavjud himoyachilardan birortasining o'rnini bosmaydi. Transfer qiymati 35 million evroni tashkil etadi.
Leoni "Padova" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2024 yil avgustidan beri "Parma"da o'ynab kelmoqda. O'tgan mavsumda italiyalik futbolchi 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan.