"Inter" va "Roma" 1 futbolchi transferi uchun kurashadi

"Palmeyras" yarim himoyachisi Richard Riosga Milanning "Inter" va "Roma" klublari qiziqish bildirmoqda.
So'nggi kunlarda Italiyaning ikkala klubi ham "Palmeyras"ga murojaat qilib, ehtimoliy bitim shartlarini bilib olishdi, deyiladi insayder Fabritsio Romano hisobotida. Braziliya grandi vakillari 25 yoshli xavbekning narxi 30 mln evro ekanini ma'lum qilishdi.
Transfermarkt portali Richard Riosni deyarli ikki barobar arzonroq - 16 mln evroga baholamoqda. Kolumbiyalik futbolchi joriy mavsumda San-Paulu jamoasi safida 35 ta bahsda 4 ta gol va shuncha assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo'ljallangan.