"Atalanta" "Inter"ning hujumchi Ademola Lukman transferi bo'yicha taklifini qabul qilmadi.

Tomonlar kelishuv shartlarini kelisha olmadi, hozirda muzokaralar to'xtatilgan, deya xabar bermoqda insayder Janluka di Martsio. "Inter" "Atalanta"dan aniq talablar qo'yilishini kutmoqda. Milan grandi rahbariyati ko'pi bilan yana o'n kun kutishga tayyor.

Mish-mishlarga ko'ra, "Inter" Ademola Lukman uchun taxminan 45 mln evro taklif qilgan. Matbuotda klub "Atalanta"ning nigeriyalik yulduziga muqobil sifatida ko'rayotgan futbolchilar ro'yxati ham keltirilgan.

Lukmanning o'zi transferni talab qilmoqda va transfer amalga oshishiga umid qilmoqda.