Milanning "Inter" klubi sport direktori Pero Auzilio klubning "Atalanta" hujumchisi Ademola Lukman transferini amalga oshirish niyatida ekanini tasdiqladi.

Muzokaralar olib borilmoqda. Italiya OAV ma'lumotlariga ko'ra, "neradzurrilar" yaqin vaqt ichida kelishuvni yopishga umid qilmoqda.

"Biz Lukmanga taklif bilan chiqdik, bu futbolchi bizga yoqadi. "Atalanta" bilan munosabatlarimiz yaxshi, ammo uzoq davom etadigan muzokaralarga kirmaymiz," - deya Auziloning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

Ademola Lukmanning Transfermarkt talqini bo'yicha narxi 60 mln evroga teng. "Inter" 27 yoshli nigeriyalik futbolchining transferi uchun bonuslar bilan birga 50 mln evro atrofida pul to'lashi kutilmoqda.