"Inter" Pavarga o'rinbosar topib qo'ygan

"Inter" Benjamin Pavar o'rniga "Udineze"dan Umar Soleni himoyaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Bu haqda Italiyaning SportMedaiset teleradiokompaniyasi ma'lum qildi.
"Inter" ikki yil avval "Bavariya"dan Benjamin Pavarni sotib olgandi. U o'tgan mavsumda formasini yo'qotdi.
Bundan tashqari, frantsuz keyingi mavsum o'ttiz yoshga to'ladi. "Neradzurrilar" frantsiyalik futbolchi uchun takliflarni tinglamoqchi.
Xabarlarga ko'ra, "Inter" Pavarni 20 million evroga sotishi mumkin. Ayni paytda Pavar o'rniga "Udineze" himoyachisi Umar Sole tarkibni to'ldirishi kutilmoqda.