"Inter" Pavar o'rniga Veygani olishi mumkin

Milanning "Inter" klubi markaziy himoyachisi Benjamin Pavar yozda jamoani tark etishi mumkin. Unga Saudiya va Evropadan bir qancha takliflar bor.
La Gazzetta Dello Sport xabariga ko'ra, Pavar jamoadan ketgan taqdirda "neradzurrilar" markaziy himoyaga "Chelsi"dan Renatu Veygani olib kelishi mumkin.
"Aristokratlar" o'z futbolchisini 30 million evroga baholamoqda va hozirda u bo'yicha "Vilyarreal" bilan muzokaralar olib bormoqda.