"Bavariya" himoyachisi Joau Palinya "Inter" e'tiborini tortdi. Milan klubi ushbu mavsumda 30 yoshli portugaliyalik futbolchining transferini ko'rib chiqmoqda.

Sport Bild xabariga ko'ra, myunxenliklar Palinyani 25-30 million evroga sotishga tayyor.

O'tgan mavsumda Palinya myunxenliklar safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yin o'tkazdi.