"Inter" o'z futbolchisini "Atalanta"ga sotib yubordi

Nikola Zalevski "Inter"dan "Atalanta"ga o'tdi.
Bergamo klubi 23 yoshli yarim himoyachining transferini e'lon qildi.
Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, kelishuv 17 million evroni tashkil qilgan. Iyun oyida milanliklar "Roma"dan ijaraga olingan yarim himoyachini 7 million evroga sotib olishgandi.