"Inter"ni erkin agent maqomida tark etgan Arnautovich o'ziga yangi jamoa topdi

"Inter"ning sobiq hujumchisi Marko Arnautovich faoliyatini Serbiyada davom ettiradi. Mozzart Sport xabariga ko'ra, 36 yoshli avstriyalik futbolchi "Tsrvena Zvezda" bilan muzokaralar olib bormoqda, ular futbolchiga 2 yillik shartnoma taklif qilishgan.
1 iyul kuni Arnautovich "Inter" bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agentga aylandi. Hujumchi bungacha "Bolonya", "Vest Xem", "Stok Siti", "Verder" va "Tvente" klublarida to'p tepgan.
2024/25 yilgi mavsumda Arnautovich barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.