"Inter Mayami" yaqin orada ikki katta yangilikni e'lon qiladi

"Inter Mayami" ikkita muhim kelishuvni amalga oshirishga tayyorlanmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, yarim himoyachi Rodrigo de Paulning Madridning "Atletiko" klubidan transferi 85 foizga yakunlangan - faqat bir nechta detallarni hal qilish qolgan. Floridaliklar ikki katta yangilikni e'lon qilishni rejalashtirmoqda: de Paulning kelishi haqidagi xabar bilan birga Lionel Messi bilan shartnoma uzaytirilishi ham e'lon qilinadi.
Avvalroq, Rodrigo de Paul tezda "Inter Mayami"ga o'tishga rozilik bergani haqida xabarlar tarqalgandi - u Argentina terma jamoasidagi sherigi Messi bilan bir klubda o'ynamoqchi.
Lionel Messining amaldagi mehnat shartnomasi joriy yil oxirigacha mo'ljallangan.