"Inter Mayami" MLS'dagi g'alabali seriyasini yakunladi.

Xaver Maskerano boshchiligidagi jamoa MLS muntazam chempionatida safarda "Tsintsinnati"ga yutqazdi (0:3).

Shu tariqa, floridaliklar klubi ketma-ket uchta g'alabadan so'ng ilk bor mag'lubiyatga uchradi.

"Inter Mayami" klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan keyin "Monreal Impekt" (4:1), "Nyu-Inglend Revolyushn" (2:1) va "Neshvill"ni (2:1) mag'lub etdi.

Jamoa 20 o'yinda 38 ochko to'plagan holda Sharqiy konferentsiya jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.

"Inter Mayami" navbatdagi uchrashuvida 20 iyul kuni "Nyu-York Red Bullz" mehmoni bo'ladi.