"Inter Mayami" Messining jarohati haqida ma'lumot berdi

"Inter Mayami" Liga kubogi doirasida "Nekaksa"ga qarshi kechgan o'yinda Lionel Messi olgan jarohat bo'yicha bayonot berdi.
Argentinalik futbolchi tizza osti payini shikastlab oldi va uchrashuvning 11-daqiqasida zaxiraga olindi.
"Messi jarohatining og'irlik darajasini aniqlash uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi. Natijalar o'ng oyoq mushaklarining engil shikastlanishini tasdiqladi. Safga qaytish sanasi tiklanish kursi davomida futbolchi organizmining reaktsiyasiga bog'liq bo'ladi", - deb yozadi klub rasmiy sayti.
Taxminlarga ko'ra, Lionel Messi bir necha hafta maydonga tusha olmasligi mumkin.