"Inter Mayami" safiga tez orada yana bir yulduz futbolchi - Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Rodrigo de Paul qo'shiladi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, bitim kelishilgan va yaqin kunlarda yopiladi.

Mayamiliklar Rodrigo de Paulni tezda transferga ko'ndirishdi, "matraschilar" bilan muzokaralar ham ko'p vaqt talab qilmadi. Argentinalik xavbek AQSh klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

Ayni paytda Xaver Maskerano jamoasi MLS Sharqiy konferentsiyasi turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi va uchta zaxira o'yini bilan etakchi "Tsintsinnati"dan etti ochko ortda qolmoqda.