Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Inter Mayami" "Atletiko Madrid" markaziy yarim himoyachisi Rodrigo de Paulni sotib olishga yaqin turibdi.

Manbaga ko'ra, 31 yoshli argentinalik futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar yuqori bosqichda, klublar deyarli kelishuvga erishgan.

De Paul va Amerika klubi o'rtasidagi 4 yillik shartnoma bo'yicha muzokaralar ham yakuniy bosqichda.

2021 yilning yozida “Atletiko” de Paul uchun “Udineze”ga 35 million evro to'lagan. O'tgan mavsumda u 50 ta o'yinda 3 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.