"Inter Mayami" argentinalik yulduzni qo'lga kiritishga yaqin turibdi

Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Rodrigo de Paul "Inter Mayami"ga o'tish arafasida turibdi.
Klublar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga yaqinlashmoqda, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano o'zining yangi hisobotida. "Inter Mayami" kelishuvga erishilishiga ishonchi komil, ammo tomonlar hali bitimning bir nechta tafsilotlarini hal qilishlari kerak. Argentinalikning o'zi allaqachon floridaliklarga rozilik bildirgan.
Rodrigo de Paulning "Atletiko" bilan shartnomasi kelasi yili yakuniga etadi va uning Transfermarkt saytidagi narxi 25 mln evroni tashkil etadi. 31 yoshli xavbek "matraschilar" safida 2024/25-yilgi mavsumda 53 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 10 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.