"Inter" Lukumanga muqobil sifatida APLning uch yulduzini ko'rib chiqmoqda

"Inter" Ademola Lukman bo'yicha "Atalanta" bilan muzokaralarda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, uning o'rniga muqobil futbolchilar ro'yxati ma'lum.
Bergamo klubi 27 yoshli hujumchini Milanga qo'yib yuborishni istamayapti, garchi nigeriyalikning o'zi ketishni xohlayotgan bo'lsa-da. Sky Sport xabariga ko'ra, agar Lukman transferi amalga oshmasa, "Inter" Kristofer Nkunku ("Chelsi"), Alexandro Garnacho va Jeydon Sancho (ikkalasi ham - "Manchester Yunayted") o'rtasida tanlov qiladi, shuningdek, milanlik grandning radariga Germaniyaning "RB Leyptsig" klubidan Antonio Nusa tushgan.
Avvalroq, "Inter" Lukman bo'yicha yakuniy taklif bilan chiqqani xabar qilingandi - 45 mln evro va bonuslar. "Atalanta" o'z yulduzi uchun 50 mln evro so'ragan edi.