"Inter" Lukmanga yakuniy qarorini e'lon qildi

"Atalanta" hujumchisi Ademola Lukman "Inter"ga o'tmaydi. Klublar o'rtasidagi muzokaralar ikki hafta oldin boshi berk ko'chaga kirib qolgandi - shundan beri vaziyat o'zgarmadi. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, yaqin bir sutka ichida milanliklar grandi vakillari nigeriyalik futbolchining agenti bilan bog'lanib, transfer aniq amalga oshmasligini ma'lum qilishadi. Hujumchi bilan og'zaki kelishuvga erishilgandi, ammo "Atalanta" kelishuvni ma'qullamadi.
Transfermarkt portali Ademola Lukmanning narxini 60 mln evroga baholamoqda. Futbolchining bergamoliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.