"Inter" Lukman uchun ilk taklifni yubordi

"Inter" Ademola Lukmanga birinchi bor taklif bilan chiqdi.
Milanliklar bugungi telefon orqali muloqotda hujumchi uchun "Atalanta"ga 40 million evro taklif qildi, deb xabar beradi Sky Sport.
Taklif etilgan shartlar bergamoliklarni qoniqtirmaydi, ammo "Inter" futbolchining o'zi bilan kelishib bo'lgan va transfer uchun ortiqcha pul to'lamoqchi emas.
Lukman A Seriyaning o'tgan mavsumida 31 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.