"Inter" London klubidan kelgan taklifni rad etdi

Milanning "Inter" klubi "Kristal Pelas"ning markaziy himoyachi Yann-Aurel Bissek bo'yicha taklifini rad etdi.
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, APL klubi "neradzurrilar"ga 32 million evro taklif qilgan, "Inter" 24 yoshli germaniyalik futbolchisini 40 million evroga sotishni maqsad qilgan.
O'tgan mavsumda Bissek klub miqyosida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta sariq kartochka oldi, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.