"Inter" "Lans" futbolchisi uchun 25 million evro atrofida pul to'laydi

"Inter" Frantsiya U21 yarim himoyachisini sotib oladi.
Milanliklar "Lans" bilan Andi Diuf transferini kelishib oldi, deya xabar bermoqda Sky Sport. Futbolchining o'zi "neradzurrilar" safiga qo'shilishga rozi bo'lgan, kelishuv yaqin soatlarda yakunlanadi.
22 yoshli futbolchi uchun italiyaliklar bonuslar bilan birga 25 million evro atrofida pul to'lashadi. Diuf shu bugunoq Milanga etib keladi.
Andi Liga 1ning o'tgan mavsumida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.