Milanning "Inter" klubi "Jenoa" markaziy himoyachisi Koni de Vinterga qiziqish bildirmoqda.

Nikolo Skira xabariga ko'ra, "neradzurrilar" markaziy himoya pozitsiyasini kuchaytirishga ehtiyoj sezsa, 23 yoshli belgiyalikni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.

De Vinter hozirda Transfermarkt portalida 23 million evroga baholanmoqda. "Yuventus" ushbu sotuvdan tushgan foydaning 20 foizini olish huquqiga ega.