Huquqlari Milanning “Inter” klubiga tegishli bo'lgan frantsiyalik himoyachi Benjamen Pavar Italiyadan Frantsiyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Bu haqda Lequipe nashri xabar bermoqda. Jurnalistlarga ma'lum bo'lishicha, 29 yoshli himoyachining transferiga "Marsel" qiziqish bildirmoqda.

Pavarning bozor qiymati 25 million evroga baholangan va uning “neradzurrilar” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.