"Inter" himoyachisi APLga o'tishni istamadi

"Inter" markaziy himoyachisi Yann-Aurel Bissekka APLdan taklif bo'lgani haqida xabarlar chiqqan edi.
Sky Sports Italia xabariga ko'ra, "Kristal Pelas" 24 yoshli germaniyalikka 32 million evro sarflamoqchi edi, ammo futbolchining o'zi bu taklifni o'ylab o'tirmay rad etdi.
O'z navbatida "neradzurrilar" ham Bissek uchun eng kamida 40 million evro olishni istab, taklifni qabul qilmagan.