Tadjon Byukenen "Inter"dan "Vilyarreal"ga o'tadi.

Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "neradzurrilar" 26 yoshli yarim himoyachini 9 million evroga sotadi va futbolchining qayta sotilgan summasining 20 foizini oladi.

Shu yilning fevral oyidan boshlab kanadalik futbolchi "Vilyarreal"da ijara asosida o'ynadi. U La Ligada 13 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.