Italiya terma jamoasi va Milanning “Inter” klubi himoyachisi Alessandro Bastoni faoliyatini Angliya premer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin.

Bu haqda La Gazette dello Sport nashri xabar bermoqda. Manbaga ko'ra, Londonning “Chelsi” klubi futbolchini sotib olmoqchi bo'lgan, ammo milanliklar etakchi futbolchisini sotishdan bosh tortgan. “Aristokratlar” Alessandro uchun 50 million evro taklif qilishgan, biroq bu pul “neradzurrilar” rahbariyatiga to'g'ri kelmadi.