"Inter" futbolchisi Belgiya chempionatiga ko'chib o'tdi

Serbiya futboli afsonasi Deyan Stankovichning o'g'li Aleksandr Stankovich Milanning "Inter" klubini tark etdi. Bundan buyon yosh futbolchi Belgiyaning "Bryugge" jamoasida o'ynaydi.
Shartnoma to'rt yilga imzolangan bo'lib, transfer summasi 9,5 million evroga baholanmoqda. Qayd etish kerakki, kichik Stankovich "neradzurrilar"ning asosiy tarkibiga akademiya orqali kelgan. O'tgan mavsumni u ijara asosida Shveytsariyada o'tkazdi va u erda "Lyutsern"da o'ynadi.
Kichik Stankovichning asosiy pozitsiyasi tayan yarim himoyachi, ammo u himoya markazida ham, yarim himoya markazida ham, yuqoriroqda ham o'ynay oladi. Futbolchi 19 yoshda.