"Inter" frantsiyalik futbolchining agenti bilan bog'landi

Milanning "Inter" klubi yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar hujumni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Ademola Lukman uzoq vaqtdan beri klubning asosiy maqsadi hisoblangan, biroq "Atalanta" futbolchini qo'yib yuborishdan bosh tortgan.
Jurnalist Matteo Moretto xabariga ko'ra, "neradzurrilar" "Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunku bilan shartnoma imzolash ustida ish boshlashgan.
Italiya grandi vakillari allaqachon frantsiyalik futbolchining agenti bilan bog'lanishgan.