Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Kristofer Nkunku Evropaning yana bir top-klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

27 yoshli futbolchiga da'vogarlar ro'yxatini Milanning "Inter" klubi to'ldirdi, deya xabar bermoqda insayder Janluka di Martsio. "Neradzurrilar" jamoaning hozirgi hujumchilarida yo'q xususiyatlarga ega futbolchi bilan hujum chizig'ini yangilashni istamoqda.

Kristofer Nkunkuga muzokaralarni boshlamagan "Bavariya" ham qiziqish bildirmoqda. Frantsiyalik futbolchining mashhur Transfermarkt saytidagi taxminiy narxi - 35 mln evro. "RB Leyptsig" sobiq yulduzining "Chelsi" bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan.