"Inter" "Atalanta" so'ragan summani bermoqchi emas

"Inter" Ademola Lukman bo'yicha taklifni yaxshilamaydi.
Avvalroq, "Atalanta" forvardni 42+3 million evroga sotmagani va 50 million evro miqdorida turib olgani ma'lum bo'lgandi.
Janluka Di Martsioning fikricha, milanliklar bundan kattaroq taklif bilan chiqishmaydi. Futbolchining agentlari Bergamo klubini avvalroq taklif qilingan shartlarni qabul qilishga ko'ndirishmoqchi.
O'tgan mavsumda Lukman A Seriyaning 31 o'yinida 15 ta gol urib, chempionat to'purarlari poygasida 3-o'rinni oldi.