"Inter" A Seriyada telehuquqlardan tushgan daromadlar bo'yicha etakchi bo'ldi

"Inter" 2024/25 yilgi mavsumda A Seriya klublari orasida televizion huquqlarni taqdim etishdan tushgan daromadlar bo'yicha etakchiga aylandi, deya xabar bermoqda Gazzetta dello Sport.
Milan klubi telehuquqdan 81,6 million evro, "Napoli" - 67,8 million evro, "Yuventus" - 67,7 million evro, "Milan" - 67,3 million evro, "Roma" - 61,2 million evro olgan.
2024/25 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, A Seriyada "Napoli" g'alaba qozondi, "Inter" ikkinchi, "Atalanta" esa uchinchi o'rinni egalladi.