"Inter" 10 kun ichida A Seriya yulduzi transferini hal qilmoqchi

"Inter" "Atalanta" hujumchisi Ademola Lukman transferi ustida ishlamoqda.
Milan grandi allaqachon 27 yoshli futbolchining o'zi bilan kelishib bo'lgan - bergamoliklarni ko'ndirish qolgan. Jurnalist Alfredo Pedulla ma'lumotlariga ko'ra, "Inter" shartnomani o'n kun ichida yakunlashni istamoqda: taxminlarga ko'ra, 45 mln evro va 5 mln bonuslar taklifi "Atalanta"ni qoniqtirishi kerak.
Ademola Lukman o'tgan mavsumda 40 ta jangda 20 ta gol va ettita assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. Nigeriyalik futbolchining bergamoliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.