Insine "Toronto"ga minnatdorchilik bildirdi

Italiyalik hujumchi Lorentso Insine "Toronto"ni tark etmoqda, bu haqda rasman e'lon qilindi. Klub unga to'rt yillik faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi va barcha yaxshiliklarni tiladi.
"Bu ajoyib tajriba bo'ldi, biz jamoa bilan professional jamoa va oila sifatida ulg'aydik. Ozgina omad etishmadi, lekin umuman olganda, hammasi a'lo darajada edi," - deya Insinening so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, Insine 2021 yilda Italiya terma jamoasi safida Evropa chempioni bo'lgan. U o'tmishda uzoq vaqt davomida "Napoli" sharafini himoya qilgan.