Ingliz klubiga armanistonlik yarim himoyachi kerak

"Krasnodar" hujumkor yarim himoyachi Eduard Spertsyanni transfer qilish bo'yicha taklif oldi.
Xabarlarga ko'ra, taklif “Sautgempton” tomonidan yuborilgan. Ingliz klubi “buqalar”ning 25 yoshli sardori uchun 12 million evro taklif qildi.
Ayni damda "Krasnodar" vaziyatni kuzatyapti. Eslatib o'tamiz, bahorda «Sautgempton» Angliya premer-ligasidan Chempionshipga tushib ketgandi.