Ingliz klubi Zabarniyga rahmat aytdi

Angliyaning "Bornmut" klubi matbuot xizmati Ukraina terma jamoasi himoyachisi Ilya Zabarniyning "PSJ"ga o'tganini tasdiqladi.
"Zabarniy rasman "PSJ" futbolchisiga aylandi. Klub Ilyaga o'yinlari va jamoamiz natijalariga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi", - deb yozadi ingliz klubi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqda.
22 yoshli markaziy himoyachi Frantsiya chempioni bilan besh yilga hisoblangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzoladi. Bitim 63 million evroni tashkil qildi.