Ingliz klubi frantsiyalik himoyachiga ko'z tikkan

Huquqlari "PSJ"ga tegishli bo'lgan 27 yoshli frantsiyalik himoyachi Nordi Mukiele "Tumanli Albion"ga o'tishga yaqin turibdi.
Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchini o'z safiga "Sanderlend" klubi qo'shib olmoqchi.
Ingliz klubi rahbariyati Mukieleni sotib olish uchun taxminan 12 million evro ajratishga tayyor. Himoyachining o'zi bilan 2029 yilning o'rtalarigacha hisoblangan uzoq muddatli mehnat shartnomasi tuziladi.