"Sanderlend" "Bolonya"ga markaziy himoyachi Jon Lukumi uchun 22 mln evro va bonuslar taklif qildi, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.

"Bolonya" Lukumi uchun 28-30 mln evro olmoqchi va unga shartnomani 2029 yilning yozigacha uzaytirishni taklif qilgan, ammo futbolchi hozircha taklifni qabul qilmagan.

Qayd etilishicha, Jonga Ispaniyaning 2 ta klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Lukumi "Genk"dan 2022 yil avgustidan beri "Bolonya" sharafini himoya qilmoqda. U "Genk"dan 8 million evroga sotib olingan. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.