"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Sky Sports xabariga ko'ra, "Tottenxem" 27 yoshli ispaniyalikni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Londonliklar futbolchi uchun 70 million evrolik taklif tayyorlamoqda.

Avvalroq, "ko'k-anorranglilar" Olmoni 60 million evroga sotishga tayyor ekanligi xabar qilingandi.