Igor Akinfeev - Fayzullaevning ketishi haqida: "Palovga o'rgatib qo'yib, ketib qoldi"

TsSKA sharafini himoya qilgan hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev rasman "Istanbul Bashakshexir" a'zosiga aylandi.
Xayrlashish haqidagi xabardan so'ng TsSKA jamoasi sardori Igor Akinfeev bunga munosabat bildirdi. U o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qisqa va samimiy xabar qoldirib, Fayzullaev bilan birga tushgan suratini ham joylashtirdi.
"Palovga o'rgatib qo'yib, ketib qoldi. Omad yor bo'lsin, Abbos", - deya yozdi Akinfeev o'zining ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida, Fayzullaev bilan birga tushgan suratini ilova qilgan holda.