Borxa Iglesias "Selta" futbolchisiga aylandi.

32 yoshli hujumchi bir yillik ijaradan so'ng "Betis"dan doimiy ravishda ko'chib o'tdi. Ispaniyalik futbolchi "Selta" bilan 2 yillik shartnoma imzoladi va uni bir mavsumga uzaytirish mumkin.

Marca xabariga ko'ra, transfer 2 million evroni tashkil qilgan.

La Liganing o'tgan mavsumida Iglesias "Selta" safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi.