IFAB hakamlarning kameralar bilan jihozlanishini ma'qulladi

Hakamlar milliy musobaqalarda bodi-kamera taqishni boshlashlari mumkin.
El Partidazo de COPE xabar berishicha, Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) hakamlarning tana kameralarini taqib yurishini va ulardan olingan tasvirlarni televidenieda namoyish etishni ma'qullagan.
FIFA klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi sinovlar muvaffaqiyatli o'tganini ta'kidlamoqda.
Endi turli mamlakatlarning futbol federatsiyalari o'z ichki turnirlarida ushbu tizimni joriy etishni so'rashlari mumkin.