"Pari Sen-Jermen" asosiy darvozaboni Janluidji Donnarumma bilan yangi shartnoma imzolay olmaganidan so'ng yangi darvozabon sotib olishga qaror qildi.

Parijliklar bu borada Liga 1ning eng yaxshi darvozaboni hisoblangan Lyuka Shevale nomzodiga e'tibor qaratishdi va "Lill" bilan 40 million evrolik transfer bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi.

Transfer tez orada rasman yakunlanishi kutilmoqda.